Biz haqimizda

Sanam tikuvchilik fabrikasi 1962 yilda tashkil etilgan.

Sanam tikuvchilik fabrikasi maxsus ish kiyimlari va o’quvchilar uchun yagona maktab formalarini ishlab chiqaradi va dunyodagi yetakchi brend mahsulotlarini yetkazib beradi.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va har qanday ish sharoitlariga mos  o`n mingdan ortiq mahsulotni o`z ichiga oladi. 60 yildan beri Sanam tikuvchilik fabrikasi korxonalarni uniforma,  bilan ta`minlaydi. Shuningdek iqtisodning barcha amaliy sohalari: metallurgiya, mashinasozlik, energetika, neft-gaz sanoati, qurilish, transport; kimyoviy, yog`ochni qayta ishlash va tog`-kon; yengil va oziq-ovqat sanoati; umumiy ovqatlanish sohasi, kommunal va maishiy xizmatlarini ham qamrab olgan.

Sanam tikuvchilik fabrikasining strategiyasi mijozlarga  barcha toifadagi арзон ҳамда сифатли mahsulotlarni taqdim etishdan iborat. Sanam tikuvchilik fabrikasi o’ziga xosligi va sifati bilan ajralib turadi. Mahsulotni ishlab chiqarishda mahalliy ва import qilingan (Rossiya, Xitoy va boshqalar) xomashyodan  foydalaniladi.

Kompaniyaning afzalliklari quyidagilardir:
Maxsus buyurtmalar bo’yicha modellarni ishlab chiqish.
Buyurtmalarni qisqa muddat ichida bajarish.
Sifatli mahsulot.
Moslashuvchan mavsumiy chegirmalar tizimi.
Mahsulotlarning keng assortimenti.

Sanam tikuvchilik fabrikasi – qulay va amaliy maxsus kiyim-kechak, turli dizayndagi barcha yoshdagi kiyim-kechak, o’quvchilar uchun yagona maktab formalarini taklif qiladi.

Bizning  kiyim do’konimizning asosiy afzalliklari:
Birinchidan, sotayotgan mahsulotimizni biz o`zimiz ishlab chiqaramiz. Ish kiyimining tikilish jarayonlari nazorat qilinadi.
Ikkinchidan, ish kiyimlarini tikishda biz har doim ishlab chiqarishning muayyan sohalarida ishlaydigan xaridorlarning talablariga e’tibor qaratamiz.
Uchunchidan, kiyimning sifati xalqaro standartlar va talablarga javob beradi.
Va nihoyat, ish kiyimlarini sotishda biz moslashuvchan narx siyosatiga amal qilamiz.

Ideal Dizayn

Hamyonbob Narxlar

Keng Tanlov

Maxsus Buyurtmalar

X